Xorazm viloyat maʼmuriy sudining 2023 yildagi odil sudlovni amalga oshirish faoliyati yuzasidan axborot

2023 yil davomida Xorazm viloyat va Urganch tumanlararo maʼmuriy sudlari tomonidan odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida muayyan ishlar bajarildi.

Jumladan, hisobot davrida viloyat maʼmuriy sudlari tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan jami 983 ta maʼmuriy ishlar ko‘rib tamomlangan bo‘lib, bu turdagi maʼmuriy ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 111 taga yoki 10,1 foizga kamaygan.

Mazkur ishlarning 386 tasi bo‘yicha ariza (shikoyat) lar qanoatlantirilib, mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari va xatti-harakatlari oqibatida fuqarolarning buzilgan huquqlari sud yo‘li bilan tiklangan, 511 ta ariza (shikoyat) rad etilgan, 61 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan va 25 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarning 252 tasini mahalliy hokimliklar qarorlarini haqiqiy emas deb topish hamda ularning harakatlari (harakatsizligi)ni qonunga xilof deb topish,

214 tasini Kadastr agentligining,

182 tasi Xorazm viloyat soliq organlarining,

84 tasi Majburiy ijro byurosi bo‘limlarining,

151 tasini byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman va shahar bo‘limlari (mansabdor shaxs)lari qarorlari hamda harakat (harakatsizligi)ni qonunga xilof deb topishga doir,

50 tasini Xorazm viloyat qurilish va arxitektura boshqarmasi,                  

20 tasini FHDYO organlari,

3 tasi ichki ishlar organlarining,

1 tasini davlat bojxona qo‘mitasining,

26 tasini boshqa idora va tashkilotlar mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan berilgan arizalar bo‘yicha ko‘rilgan ishlar tashkil etadi.

Mahalliy hokimlar qarorlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi jami 252 arizalar ko‘rib tamomlangan bo‘lib,

shundan 95 tasi bo‘yicha ariza talablari qanoatlantirilib, tuman va shahar hokimlarining 95 ta qarorlari haqiqiy emas deb topilgan,

109 ta ariza rad qilingan bo‘lsa, 21 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan va 5 tasi bo‘yicha arizalar ko‘rmasdan qoldirilgan.

 Xisobot davrida viloyat va tumanlararo maʼmuriy sudlari tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali jami 274 marta, shu jumladan televideniye orqali 96 marta, radio orqali 84 marta, gazeta va jurnallarda 20 marta va veb-sahifalarda 74 marta chiqishlar qilingan.

Shuningdek, joylarda 267 marta og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari hamda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 109 tasi maʼruzalar, 138 tasi davra suhbatlari, 8 tasi ilmiy-amaliy konferensiyalar va 12 tasida seminarlar o‘tkazilgan.

2023 yil davomida 2022 yilning shu davriga nisbatan ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar 24 taga yoki 9,6 foizga, og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari 27 taga yoki 11,3 foizga ko‘paygan.

2023 yil davomida ko‘rib tamomlangan jami ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan maʼmuriy ishlarning 353 tasi yoki 35,9 foizi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan.

Hisobot davrida ishlarni ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyalari tomonidan 317 ta xususiy ajrimlar chiqarilgan bo‘lib bu ko‘rilgan ishlarga nisbatan 32,2 foizni tashkil qilib o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,4 foizga ko‘paygan.

Xususan chiqarilgan xususiy ajrimlarning 85 tasi tuman va shahar mahalliy hokimliklariga,

79 tasi Xorazm viloyat soliq organlariga,

 15 tasi  soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga,

31 tasi Qurilish vazirligining arxitektura-shaharsozlik kengashi Xorazm viloyat qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasiga,

102 tasi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman va shahar bo‘limlariga va

 5 tasi boshqa tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.

Xorazm viloyat hamda tumanlararo maʼmuriy sudi sudyalari tomonidan jami 798 nafar fuqaro qabul qilingan bo‘lib, shundan 441 nafar fuqarolar sayyor qabullardagi murojaatlari yuzasidan qabul qilingan. Murojaatlar 2022 yil shu davri bilan taqqoslanganda 50 ta murojaatga, yaʼni 6,7 foizga ko‘paygan. Xorazm viloyat hamda tumanlararo maʼmuriy sudlari tomonidan bevosita idorada 357 nafar fuqarolar qabul qilingan. O‘tgan yilning shu davrida ushbu ko‘rsatgich 420 tani tashkil etgan.

Xorazm viloyati va Urganch tumanlararo maʼmuriy sudi tomonidan 2023 yil davomida ariza dastlab sudga taqdim etilgan paytda 661 527 000 so‘mlik davlat bojlari arizachilar tomonidan davlat byudjetiga ixtiyoriy to‘langan.

Ish yakuni bo‘yicha sud qarorida undirilishi belgilanib, majburiy tartibda undirish uchun majburiy ijro byurolarining tuman va shahar bo‘limlariga jami 548 817 200 so‘mlik 288 ta ijro hujjatlari ijro qilish uchun yuborilgan.

Ijro organlari tamonidan 355 992 200 so‘mlik yoki 288 ta yaʼni 64,8 foiz ijro hujjatlari ijro qiligan.Shuningdek 192 825 000 so‘mlik yoki 80 ta yaʼni 35,2 foiz ijro hujjatlari qoldiq bo‘lib qolga