Xorazm viloyat sudining 2023 yilning 9 oyidagi faoliyati bo`yicha axborot

Xorazm viloyatining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 2023 yilning 9 oyi davomida jami 1350 nafar shaxsga nisbatan 1108 ta jinoyat ishi va 2361 ta sanksiya hamda materiallar ko‘rib tamomlangan. Ko‘rib tamomlangan jinoyat ishlari bo‘yicha 1084 nafar shaxsga nisbatan 861 ta jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarilgan; 247 nafar shaxsga nisbatan 232 ta jinoyat ishi tugatilgan; 232 nafar shaxsga nisbatan 218 ta jinoyat ishi taraflar yarashganligi sababli ish tugatilgan.

Xorazm viloyatining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 2023 yilning 9 oyi davomida jami 1350 nafar shaxsga nisbatan 1108 ta jinoyat ishi va 2361 ta sanksiya hamda materiallar ko‘rib tamomlangan. Ko‘rib tamomlangan jinoyat ishlari bo‘yicha 1084 nafar shaxsga nisbatan 861 ta jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarilgan; 247 nafar shaxsga nisbatan 232 ta jinoyat ishi tugatilgan; 232 nafar shaxsga nisbatan 218 ta jinoyat ishi taraflar yarashganligi sababli ish tugatilgan.

99 nafar shaxs sud zalidan qamoqqa olingan, 58  nafar shaxs qamoqdan ozod etilgan.

O‘zbekiston Respubdikasi JKning 73-moddasiga asosan 849 nafar shaxslar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan.

Barcha instansiyalarda 13 nafar shaxsga nisbatan 7 ta jinoyat ishi bo‘yicha oqlov hukmi chiqarilgan.

Ko‘rib tamomlangan jinoyat ishlardan 134 nafarini yoki 9,9 foizini ayollar, 37 nafarini yoki 2,7 foizini voyaga yetmaganlar, 54 nafarini yoki 4 foizini 60 yoshdan oshganlar tashkil etadi.

Mazkur davrda 23.324 nafar shaxsga nisbatan 20.786  ta maʼmuriy huquqbuzarlik ishlari ko‘rib tamomlangan. Shundan, 12.402  nafar shaxsga nisbatan 11.601 ta ish bo‘yicha maʼmuriy jazo qo‘llanilgan, 10.922  nafar shaxsga nisbatan 9.185 ta ish tugatilgan.

2023 yilning 9 oyi davomida o‘tgan yilga nisbatan sudlanganlik ko‘rsatkichi oshgan jinoyat ishlari yuzasidan sud amaliyotlari umumlashtirilib, yakuni bo‘yicha tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritilishi, viloyat sudlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning hamkorlikdagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan bir qator samarali targ‘ibot ishlari o‘tkazilgan bo‘lishiga qaramasdan, mazkur davrda harakat xafsizligi qoidalarini buzish jinoyatlari (JK 266-modda) 15 (198/183) taga, qasdan odam o‘ldirish (JK 97-modda) 8 (10/2) taga, nomusga tegish bilan bog‘liq jinoyatlar (JK 118,119-moddalar) 13 (17/4)taga, , qo‘shmachilik qilish yoki foxishaxona saqlash (JK 131-modda) 27 (56/29) taga, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar (JK 270, 271, 273-276-moddalar) 43 (216/171) taga sudlangan shaxslar soni oshgan.

Biroq, sudlarda sodir etilgan har bir jinoyatni mahallada muhokama qilish, uning asl sabablarini aniqlab, bartaraf etish amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi natijasida qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘irlikda tan jarohati yetkazish (JK 104-105-moddalar) 21 (57/78) taga,o‘g‘irlik jinoyatlari (JK 169-modda) 6 (192/198) taga,firibgarlik (JK 168-modda) 60 (231/291) taga, poraxo‘rlikjinoyatlari (JK 210-212-modda) 16 (37/79) taga,o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlari (JK 167-modda) 30 (103/133) taga sudlangan shaxslar soni kamaygan.

Sudlarning jinoyatlarga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyat samaradorligini kuchaytirish maqsadida 204 ta yoki 18,25   foiz jinoyat ishi aynan jinoyat sodir bo‘lgan joylarda, mahallalarda, tegishli tashkilot va muassasalarda sayyor sud majlislari tartibida ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, sudlar tomonidan ko‘rib tamomlangan turli toifadagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti umumlashtirilib, ularning soni 83 tani tashkil etgan, ularning natijasi bo‘yicha tegishli
korxona, muassasa va tashkilotlarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan 71 ta taqdimnoma kiritilgan, 1108 ta ish bo‘yicha 97.7 foiz ishlar bo‘yicha xususiy ajrimlar chiqarilgan.

Bundan tashqari, joylardagi kriminogen vaziyat tahlilidan kelib chiqqan holda viloyat sudlari tomonidan huquqiy mavzularda korxona, muassasa tashkilotlar hamda aholi o‘rtasida uchrashuvlar, suhbatlar o‘tkazilib, 468 marotaba maʼruzalar bilan hamda 362 ta OAVda chiqishlar qilingan.

Xorazm viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati va tuman shahar sudlariga 2023 yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxs vakillaridan jami 1707 ta murojaat kelib tushgan, shundan 488 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonasi orqali,  1219 tasi jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati, tuman (shahar) sudlarining raislari, sudyalari va masʼul xodimlarining qabulida hamda pochta orqali va shaxsan arizachilar tomonidan taqdim qilingan. Ushbu arizalarning 17 tasi tegishliligi bo‘yicha, 89 tasi taalluqliligi bo‘yicha yuborilgan va qolgan murojaatlar sud raislari tomonidan tegishli tartibda atroflicha o‘rganib chiqib, murojaat mualliflariga yozma tushuntirish va huquqiy maslahatlar berilgan

Viloyat sudining fuqarolik sudlari tomonidan2023 yil 9 oyi davomida birinchi instansiya sudlarida jami 15.249  ta  fuqarolik ishlari ko‘rib tamomlangan. Shundan, 8.639   ta daʼvo qanoatlantirilgan, 1.127 ta daʼvo ariza rad etilgan, 103 ta  fuqarolik ishi ish yuritishdan tugatilgan, 1.777  ta daʼvo arizalar  ko‘rmasdan qoldirilgan. 12 xakamlik sudi qarori bilan bog‘liq ish. 3.591 ta materiallar ko‘rib tamomlangan.

Xorazm viloyatining fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlarida 9.69 ta sud buyrug‘i chiqarilgan.

Ushbu davrda sudlar orqali nikohdan ajratish haqidagi ishlar soni 2.101 tani tashkil etgan. Shundan, 1.327 tasi bo‘yicha daʼvo qanoatlantirilgan. 569 ta fuqarolik ishi bo‘yicha daʼvolar  rad etilgan. 172 ta fuqarolik ishi  ko‘rmasdan qoldirilgan. 33 ta fuqarolik ishi ish yuritishdan tugatilgan.

Viloyat sudlari tomonidan huquqiy mavzularda korxona, muassasa tashkilotlar hamda aholi o‘rtasida uchrashuvlar, suhbatlar o‘tkazilib, 321 marotaba va 141 ta OAVda chiqishlar qilingan.

Nizolar kelib chiqishining oldini olish yuzasidan chiqarilgan xususiy ajrimlar soni 68 ta, umumlashtirishlar esa 26 tani tashkil qilgan.

Ishlarni sayyor sud majlislarida ko‘rish jami ko‘rib tamomlangan 11.644 ta fuqarolik ishlarining 897 tasi yaʼni 7,7 foizini tashkil etgan. tashkil etgan.

2023 yilning 9 oyidavomida jami 2270 ta murojaat (35 ta qoldiq arizalar bilan 2305 tani tashkil etadi), shundan virtual qabulxona orqali 1126 ta murojaat kelib tushgan. Bevosita viloyat va tumanlararo sudlariga kelgan umumiy mazmundagi murojaatlar soni 328 ta, viloyat va tumanlararo sudlari raisi va o‘rinbosarlarining shaxsiy (sayyor) qabulida qabul qilingan murojaatlar soni 816 tani tashkil etgan. Mazkur murojaatlarning 3 tasi qanoatlantirilgan, 10 tasi rad qilingan, 1086 ta murojaat bo‘yicha tushuntirish berilgan.

Viloyat sudining iqtisodiy sudlari tomonidan 2023 yil 9 oyi davomida birinchi instansiya sudlarida jami 6.880 ta  iqtisodiy ishlari ko‘rib tamomlangan. Shundan, 5.422 ta daʼvo qanoatlantirilgan, 986 ta daʼvo ariza rad etilgan, 91 ta  iqtisodiy ishi ish yuritishdan tugatilgan, 133 ta daʼvo arizalar  ko‘rmasdan qoldirilgan. Jami ko‘rilgan ishlarning 1.847 tasi, 26,8% sayyor sud majlislarida ko‘rilishi taʼminlangan.

2023 yilning 9 oyi mobaynida ko‘rilgan ishlarning toifalari 2022 yilning shu davri bilan taqqoslanganda,

  • Investitsion nizolar yuzasidan ishlar 6 taga;
  • Kredit shartnomasi yuzasidan ishlar 46 taga;
  • Soliq qarzdorligini soliq to‘lovchining mol-mulki hisobidan undirish yuzasidan ishlar 25 taga;
  • Moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan ishlar 81 taga;

–  Lizing shartnomasi yuzasidan ishlar 7 taga kamaygan bir vaqtda,

– Banklardagi hisobvaraqalar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha ishlar 120 taga;

–    Kommunal xizmat ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha 580 taga;

–    Kontraktatsiya shartnomasi bo‘yicha 234 taga;

–  Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish yuzasidan ishlar 164 taga;

– Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi yuzasidan ishlar 115 taga;

–   Yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizolar 82 taga;

– Bankrot deb eʼtirof etish yuzasidan ishlar 96 taga ko‘payganligini ko‘rishimiz mumkin.

Ushbu davrda investitsiya majburiyatlarini bajarmagan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan majburiyat yuklash yuzasidan 1 ta ish ko‘rilib qanoatlantirilgan.

Shuningdek, ushbu davrda xususiy tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan kichik biznes subyektlari, fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning daʼvogarligida 1.281 ta ishlar ko‘rilib, tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlari tiklanib, ularning foydasiga 426330.12 mlr so‘m mablag‘lar undirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan. 

2023 yilning 9 oyi mobaynida iqtisodiy sudlar tomonidan aholi orasida 91 ta maʼruzalar, davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalarida 96 ta chiqishlar qilingan.

2023 yilning 9 oyi davomida Xorazm viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hayʼati va tumanlararo iqtisodiy sudlariga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 231 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 87 tasi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi va Xalq qabulxonalaridan, sud rahbariyati shaxsiy qabulida 113 ta hamda 31 ta umumiy mazmundagi murojaatlar kelib tushgan.

Sud rahbariyatining shaxsiy qabulida 113 ta, shundan sayyor qabulda 40 ta, bevosita idorada 73 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vakillari va tadbirkorlar qabul qilingan. (o‘tgan yilning shu davrida 196 ta kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan  yilga nisbatan 83 taga kamaygan) Kelib tushgan jami 113 ta murojaatning 12 tasi sud xujjatlari yuzasidan, qolgan 101 tasi boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlarni tashkil qiladi.

Shaxsiy qabulda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan keltirilgan vajlar rahbariyat tomonidan tinglangan va murojaat mualliflariga og‘zaki tushuntirishlar berilgan.