Skip to content

Xorazm viloyat maʼmuriy sudi tomonidan Xiva shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tadbirkorlarni yaqindan tanishtirish maqsadida viloyat maʼmuriy sudi tomonidan Xiva shahrida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda viloyat maʼmuriy sudi raisi J.Sultanova, viloyat maʼmuriy sudi sudyasi D.Yusupov, tuman soliq inspeksiyasi va davlat xizmatlari markazi vakillari ishtirok etib, tadbirkorlarning murojaat hamda takliflarini eshitishdi.

Muloqotlarda sudyalar qonunchiligimizda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va to‘sqinlik qilish yoki mulkdorlar huquqini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning qatʼiy javobgarligi belgilab qo‘yilganligiga to‘xtalishdi.

Shuningdek, maʼmuriy sudlarda ko‘riladigan ishlar toifasi, tadbirkorlar qaysi huquqlari buzilsa maʼmuriy sudga murojaat qilishi kerakligi aniq misollar bilan tushuntirildi.

Судьялар тадбиркорлар билан мулоқот қилди

Urganch shahrida Xorazm viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hayʼati tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda viloyat sudi raisining iqtisodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari I. Teshayev va viloyat sudi sudyalari, viloyat prokuraturasi, davlat soliq boshqarmasi hamda savdo sanoat palatasi vakillari ishtirok etib, tadbirkorlarning murojaatlarini eshitishdi.

Muloqotlarda Davlatimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun joriy etilgan imtiyozlar tushuntirildi.

Shuningdek, sudyalar o‘z maʼruzalarida iqtisodiy sudlarga taalluqli ishlar, sudga murojaat qilish tartibi va amaliyotda ko‘p uchrayotgan tadbirkorlik faoliyatiga doir nizolar tahliliga to‘xtalishdi.

Tadbirning foydali jihati tadbirkorlar shu yerning o‘zida sohalar bo‘yicha masʼul xodimlardan faoliyatiga oid muammoli vaziyatlar vujudga kelsa qonun yo‘li bilan hal qilish tartibini bilib olishdi.